Sun'iy intellekt aynan mening ishimda nima qila oladi
Kursning eng birinchi promti. Odam sun'iy intellektdan qo'rqmasligi uchun uni o'z ishida ko'rishi kerak — mavhum ta'rif emas.
Men [LAVOZIM] bo'lib ishlayman, [TASHKILOT TURI] da. Kunimning eng ko'p vaqtini quyidagi ishlar oladi: [ISH 1], [ISH 2], [ISH 3]. Ish namunalarim ilova qilindi.
Menga umumiy maslahat berma. Aynan shu uchta ishni ko'rib chiq va ayt:
- qaysi biri sun'iy intellekt bilan bugunoq tezlashadi;
- qaysi biri qisman tezlashadi, qaysi qismi baribir odamda qoladi;
- qaysi biriga umuman tegmaslik kerak va nega.
Har bir javobni bitta jumlalik sabab bilan asosla. Ishonchim komil bo'lmagan joyni "tekshirish kerak" deb belgila. Oxirida menga savol ber: qaysi biridan boshlashimni tanlashga yordam ber.