Qisqa dars

Javob qanday tuziladi va nega yanglishadi

Bugun siz sun'iy intellekt javobni so'zma-so'z qurishini va shuning uchun silliq, lekin har doim ham to'g'ri bo'lmasligini haqiqiy misolda ko'rasiz.

⏱️ 4 daqiqaVideo ko'ring yoki matnni o'qing — topshiriqni bajaring
Video
Javob qanday tuziladi va nega yanglishadi
Video yuklanmoqda...
Video
2-dars: Javob qanday tuziladi va nega yanglishadi
Video yuklanmoqda...
Nega bu video kerak

Javob silliq eshitiladi — va shuning uchun unga darhol ishonasiz. Silliqlik tekshiruv o'rnini bosmaydi.

Videoda:

  • Javob qanday quriladi — so'zma-so'z, oldindan tayyor emas
  • Haqiqiy misol: mehnat ta'tili haqidagi savol va modelning javobi
  • Manba so'ralganda nima bo'ladi
  • Har javobga beriladigan uch savol: Rostmi? To'liqmi? Menikimi?

Javobni tekshirish kartasi

| Savol | Misol: mehnat ta'tili savoli | |---|---| | Rostmi? | 15 ish kuni · 229-modda — havola keltirildi, ochib ko'riladi | | To'liqmi? | Uzaytirilgan ta'til holatlari ham aytildi | | Menikimi? | Mening kasbim uzaytirilgan ro'yxatda bormi — alohida tekshiriladi | | Manba so'raldimi? | Ha — lex.uz havolasi keltirildi | | Qaror | Havola ochilgach ishlatiladi |

Silliq javob — tekshirilgan javob emas

Model ishonchli ohangda yanglishishi mumkin. Manba so'rang va havolani o'zingiz oching.

Amaliy topshiriq (O'z-o'zini tekshirish)Ushbu topshiriqni amalda bajargach, pastdagi tasdiqlash tugmasini bosing.

Oxirgi olgan javobingizni oling va undan manba so'rang. Kartadagi to'rt savolga javob yozing va qaror qiling: ishlatasizmi yoki yo'q.

Keyingi qadam: qaysi vazifaga qaysi vosita mos — 3-dars.

Darsni tugatgach keyingi mavzu avtomatik ochiladi.