Qisqa dars
Promtni 4T bilan tuzish
Bugun siz «Menga xat yoz» so'rovi bilan 4T bo'yicha tuzilgan so'rov orasidagi farqni haqiqiy javoblarda ko'rasiz va o'z so'rovingizni 4T bilan qayta yozasiz.
Nega bu video kerak
Qisqa so'rov yozib yaxshi natija kutish — eng ko'p uchraydigan xato. «Menga xat yoz» so'roviga model xat emas, savol qaytaradi.
Videoda:
- Haqiqiy sinov: qisqa so'rov va unga kelgan javob
- 4T — to'rt qadam: Topshiriq · Tafsilot · Tekshirish · Tuzatish
- Ikki so'rov yonma-yon: nima o'zgardi
- 4T — murakkab qoida emas, to'rtta savol
4T shabloni
| Qadam | Nima yoziladi | Misol | |---|---|---| | TOPSHIRIQ | Bir jumlada nima kerak | Yetkazib beruvchiga xat yoz | | TAFSILOT | Rol · vaziyat · ohang · hajm | Ofis menejeri · ikki kechikish · rasmiy-do'stona · 120 so'z | | TEKSHIRISH | Rostmi · to'liqmi · menikimi | Sana aniqlashtirilganmi, ohang qo'polmi | | TUZATISH | Yaxshi · muammo · qiling · qolgani | «Ohang mos, lekin uzun — 80 so'zga qisqartiring» |
Topshiriq: [nima qilsin — bir jumla] Tafsilot: [kim bo'lib yozsin] · [vaziyat] · [ohang] · [hajm] Tekshirish: [nimani tekshiraman — rostmi, to'liqmi, menikimi] Tuzatish: [yaxshi] · [muammo] · [qiling] · [qolgani o'zgarmasin]
Oxirgi yozgan so'rovingizni oling va unga uchta narsa qo'shing: rol, hajm va bitta cheklov. Keyin ikkala javobni solishtiring.
Keyingi qadam: maxfiylik — nimani yozib bo'lmaydi, 5-dars.
Darsni tugatgach keyingi mavzu avtomatik ochiladi.